Shvetsiya mudofaa vaziri Pol Yonsonning fikricha, Rossiya tahdidi ostida Yevropa ehtimoliy qurolli mojaroga tayyorgarlikni kuchaytirishi kerak, deb xabar berdi dw.com.
23-sentabr, seshanba kuni u Berlinda nemis hamkasbi Boris Pistorius bilan uchrashuv oldidan “Biz yangi Yevropa tafakkuriga o'tishimiz kerak – tinchlik davridagi fikrlashdan urush davriga tayyorlanishga”, dedi u.
Yonson, shuningdek, Rossiyaning keng ko'lamli qayta qurollanishiga ishora qildi, uning fikricha, u harbiy jihatdan kuchayib bormoqda va uzoq masofali qurollar ishlab chiqarish va elektron urushda sezilarli yutuqlarga erishmoqda.