Shveytsariyada suv toshqini va ko'chki qurbonlari soni olti kishiga yetdi

    Shveytsariyada suv toshqini va ko'chki qurbonlari soni olti kishiga yetdi. Bu haqda Matin nashri xabar berdi.

    Qayd etilishicha, politsiya qurbonlarning shaxsini aniqlashda davom etmoqda. Shveytsariyada noqulay ob-havo tufayli halok bo'lganlarning kamida to'rt nafari Germaniya fuqarolaridir.

    30-iyun kuni Shveytsariya janubidagi Vale va Tichino kantonlarida noqulay ob-havo kuzatildi, Shveytsariya qurolli kuchlari uning oqibatlarini bartaraf etish uchun 135 askarni safarbar etdi. Yomg'ir yog'ayotgan paytda aeronavigatsiyani boshqarish markazini suv bosishi oqibatida Jeneva ustidan o'tgan yo'nalishi bo'ylab samolyotlar parvozi 50 foizga qisqardi, deb xabar beradi report.az.