Olimlar ushbu qurilmadan suvda suzuvchi qushlarning xatti-harakatlarini kuzatish uchun foydalanishni rejalashtirmoqda.
Qayriladigan qanotlari tufayli SailMAV droni suvdan turib ucha oladi va qo'na oladi. Uning maxsus dizayni ham yovvoyi hayvonlarning xatti-harakatlarini yozib olish imkonini beradi, qushlarga o'xshash qilib ishlangani uchun qushlar uni “begona” sifatida qabul qilmaydi.
Robot Alp tog'idagi ko'l yoki Arktika fyordining biologik xilma-xilligi to'g'risida ma'lumotlarni to'playdi.
Qurilmaning og'irligi 520 gramm, qanotlari kengligi 1 metrga yetadi, deb xabar beradi tass.ru.