Bu haqda AP mahalliy politsiyaga tayanib xabar berdi.
Politsiya vakili Frederik Papo “qasddan qilingan harakat” ehtimoli tekshirilayotganini, ammo yakuniy xulosalar tergov tugagandan so‘ng chiqarilishini aytdi.
Yonib ketgan avtobus milliy pochta xizmati tarkibiga kiruvchi PostBus kompaniyasiga tegishli edi. Shveysariya ommaviy axborot vositalari transport vositasining butunlay alanga ichida qolganini ko‘rsatuvchi kadrlarni e’lon qilishdi.
“Qutqaruv xizmatlari voqea joyiga yetib kelishdi va avtobusning butunlay alanga ichida ekanligini aniqlashdi”, deyiladi mintaqaviy hukumat bayonotida.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, og‘ir jarohat olgan uch nafar jabrlanuvchi shifoxonaga olib ketilgan, yana ikki nafariga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Prokuratura fojia holatlarini aniqlash uchun jinoiy tergov boshladi, deb xabar berdi report.az.