Si Szinpin AQSh rahbaridan Tayvan mustaqilligiga qarshi ekanligini rasman e'lon qilishni talab qildi. Manbaga ko'ra, u AQSh bilan savdo kelishuvi bo'yicha muzokaralardan Trampga qarshi vosita sifatida foydalanishni rejalashtirgan.

“Xitoy rahbari amerikalik hamkasbiga AQSh Tayvan mustaqilligiga qarshi ekanligini rasman e'lon qilish uchun bosim o'tkazishni rejalashtirmoqda”, dedi manba.

Avvalroq Xitoy mudofaa vaziri Dun Szyun Xitoy qurolli kuchlari Tayvandagi separatist kuchlarning mustaqillikka erishish yo'lida muvaffaqiyat qozonishiga hech qachon yo'l qo'ymasligini ma'lum qilgandi. Uning so'zlariga ko'ra, Xitoy Xalq-ozodlik armiyasi yengilmas va qudratli kuch bo'lib, voqealarning bunday rivojlanishiga hech qachon yo'l qo'ymaydi, deb xabar berdi lenta.ru.