Xitoyning “China Eastern Airlines” aviakompaniyasi ilk bor Sian–Toshkent–Sian yoʻnalishi boʻyicha muntazam aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻydi.
Oʻzbekiston Transport vazirligi maʼlumotiga koʻra, shu yilning 16-iyul kuni soat 14:50 da aviakompaniyaning birinchi reysi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qoʻndi.
Mazkur yoʻnalishda aviakompaniya haftasiga uch marta – dushanba, chorshanba va juma kunlari “Airbus A320” samolyotlarida parvozlarni amalga oshiradi.
Maʼlumotlarga koʻra, bugungi kunda Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida yoʻlovchi tashish boʻyicha haftasiga 46 ta muntazam aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda.
Joriy yil avgust oyi oxirigacha yana 11 ta reys qoʻshilishi, yil yakuniga qadar haftalik aviaqatnovlar soni 60 taga yetkazilishi rejalashtirilgan.