Tadbir davomida “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasi toʻxtatilib, oʻrnatilgan tartibda koʻzdan kechirildi.
Natijada, avtomashina yukxonasida hujjatlari boʻlmagan va sifati kafolatlanmagan umumiy qiymati 113,5 million soʻmlik “Aktovegin”, “Dostinex” va “Kreon” nomli dori vositalari borligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda, deb xabar beradi Davlat bojxona qoʻmitasi matbuot xizmati.