Sifatsiz koʻmir savdosiga chek qoʻyildi

    Sanoat 25 Noyabr 2020 2967

    “Oʻzstandart” agentligi tomonidan yurtimizning barcha hududlarida sifatsiz va standart talablariga nomuvofiq boʻlgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi va aholiga sotilishining oldini olish boʻyicha oʻrganishlar olib borilmoqda.

    Maxsus ishchi guruh mutaxassislari “Oʻzbekkoʻmir” AJning Karmana koʻmir omborida koʻmir briketlari ishlab chiqarilishi va saqlanishi bilan tanishdilar.

    Oʻrganishlar davomida ombordagi koʻmirning qariyb 60 foizi ezilganligi va ochiq holatda saqlanayotganligi, ishlab chiqarilayotgan briketlar OZ DST2994:2015 davlat standarti talablariga nomuvofiq ekanligi maʼlum boʻldi.

    Oʻrganishlar yakunida standart talabiga javob bermaydigan mahsulot sotuvdan oldirildi.