Maʼlum qilinishicha, Mirobod tuman SEO va JSX boʻlimi mutaxasislari hamda tuman IIO FMB xodimlari bilan hamkorlikda “Mirobod” va “Yangi Qoʻyliq” mahallalarida noqonuniy savdo va sifati kafolatlanmagan mahsulotlar bilan savdo qilish holatlarini aniqlash boʻyicha reyd-tekshiruvlar oʻtkazilgan.

Oʻrganishlar davomida “Mirobod” mahallasida “Andijon muzqaymogʻi” saqlash ombori aniqlangan. U yerda sifati kafolatlanmagan 66 kilogramm muzqaymoq ashyoviy dalil sifatida bartaraf etilgan.

Eslatib oʻtamiz, 2021-yilning iyulida “Andijon muzqaymogʻi”ni besh yildan buyon ishlab chiqarish bilan shugʻullanib kelayotgan tadbirkor Hikmatillo Madrahimov boshqa yangi brend ostida ishlashga qaror qilgandi. Bunga mazkur nom ommalashgach, bundan foydalanishga qaror qilgan koʻplab insonlar paydo boʻlgani sabab qilib koʻrsatilgandi.