Silk Avia havo operatori sertifikatini olib texnik reyslarni boshladi

    Transport 22 Aprel 2023 1074

    Birinchi parvoz doirasida samolyot Toshkent aeroporti ustida ikki marta aylanib, qo‘nishga yo‘l oldi.

    Silk Avia operator sertifikatini oldi va 20 - aprel kuni ATR instruktorlari tomonidan aviakompaniya ekipajlarini tayyorlash uchun texnik parvozlarni boshladi.

    Birinchi parvoz doirasida samolyot Toshkent aeroporti ustida ikki marta aylanib, qo‘nishga yo‘l oldi.

    O‘quv parvozida transport vaziri Ilhom Maxkamov, Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori Toxir Nazarov va “Uzbekistan Airports” AJ boshqaruvi raisi Ra’no Djurayevalar ishtirok etdi.