Maʼlumot uchun, “SPH Media” kompaniyasiga tegishli boʻlgan “The Straits Times” Singapurning asosiy ingliz tilidagi kundalik gazetasi, Osiyodagi yetakchi media kompaniyalardan biri. 1845-yil 15-iyulda tashkil etilgan gazeta mamlakat va dunyoning asosiy yangiliklarini har tomonlama yoritib boradi. Kundalik tiraji bir million nusxani tashkil etadi.
Maqolada Oʻzbekiston ulkan sayyohlik salohiyatiga ega ekanligi, turizm infratuzilmasi yuksak darajada rivojlangani qayd etilgan. Mamlakatning turizm sohasi jadal rivojlanayotgani, bu anʼanaviy oʻzbek mehmondoʻstligi va boy tarixiy-madaniy merosi bilan bir qatorda Oʻzbekistonni tobora jozibador va nisbatan arzon sayyohlik maskaniga aylantirilayotgani taʼkidlangan, deb xabar beradi Madaniyat va turizm vazirligi matbuot xizmati.
Singapur nashrlarida Oʻzbekistonning turistik salohiyati yoritilyapti
Singapurning eng yirik bosma nashrlaridan biri “The Straits Times” (www.straitstimes.com) gazetasida Oʻzbekiston turistik salohiyatiga oid maqolalar chop etildi.
Bloomberg: Demokratlar Kongress ustidan nazoratni qölga kiritmoqda
- Şerzod Şermatov: «Hozir maʼlumotlar tarqalmagani ertaga ham bunday holat bölmasligiga kafolat emas»
- Energiya resurslaridan noqonuniy foydalaniş oqibatida davlatga 900 mlrd sömdan ziyod zarar yetkazilgan
- Dunyo onalari tuğruqni qanday baholaydi?
- Yonğin xavfsizligi talablarini buzganlik uçun javobgarlik çoralari belgilandi
- Saida Mirziyoyeva Qaşqadaryodagi açinarli ahvolga kelib qolgan maktab va boğçani borib kördi