Ma'lumotlarga ko'ra, kompaniya kelgusi haftada 23 nafar sog'lom ko'ngilli bilan sinovlarni boshlash uchun ruxsat olgan. Agar olti haftalik sinovning birinchi bosqichi muvaffaqiyatli kechsa, "Tychan" ko'proq dori vositasini ko'ngillilarga berish uchun rasmiylardan rozilik so'ramoqchi.

Sog'liqni saqlash vazirligi va Singapur Mudofaa vazirligi ishtirokida ishlab chiqilgan TY027 monoklonal antikorlardan foydalanishga asoslangan. Qayd etilishicha, ushbu dori vositasi kasallik rivojlanishini sekinlashtiradi va koronavirus infektsiyasi bo'lgan bemorlarning tiklanishini tezlashtiradi. Bundan tashqari, u virusdan vaqtincha himoyani ta'minlaydiyu

JSSTga ko'ra, ayni damga kelib dunyoda 7 milliondan ortiq infektsiya holatlari aniqlangan, 404 mingdan ortiq odam vafot etgan. Xususan, Singapurda koronavirusga chalingan bemorlan 38,5 mingdan oshdi, 25 mingdan ortiq kishi shifoxonalardan chiqarildi, 25 kishi vafot etdi.