Sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi

    Transport 24 Mart 2023 812

    24-mart kuni Toshkent meropoliteni Yer usti halqa yoʻlining 2-bosqichi Qoʻyliq – Sergeli yoʻnalishida qurib bitkazilgan 5 ta bekatda sinov tariqasida poyezdlarning texnik qatnovi boshlandi.

    Bu haqda Transport vazirligi Axborot xizmati xabar berdi.

    Hozirda Yer usti halqa metro yoʻlining 2-bosqichi – 8,5 km uzunlikdagi 5 ta bekatni oʻz ichiga olgan “Qoʻyliq–Quruvchilar” qismi qurib bitkazilgan boʻlib, loyihaning 3,8 km uzunlikdagi 2 ta bekatni oʻz ichiga oluvchi “Quruvchilar–Qipchoq” qismida qurilish ishlari jadallik bilan olib borilmoqda.

    Texnik sinovlardan soʻng mazkur yoʻnalishda yoʻlovchi tashuvlarining boshlanishi natijasida bir kunda 40 minga yaqin yoʻlovchiga xizmat koʻrsatiladi.