Bu haqda Oliy sud matbuot kotibi oʻz telegram kanalida maʼlum qildi.
Maʼlum qilinishicha, u huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida ashyoiy dalillar bilan ushlangan.
Oliy sud maʼlumotiga koʻra, sud organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish, tizimni nopok kadrlaridan tozalash boʻyicha izchil ishlar olib borilmoqda.
Xususan, sudya va xodimlar oʻrtasida nojoʻya va nomunosib xatti-harakatlarning oldini olish, shuningdek korrupsiyaga yoʻl qoʻygan shaxslarni aniqlash hamda ularga nisbatan qatʼiy choralar koʻrishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.