Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro Z.Z. (muqaddam sudlangan) va boshqalar oʻzaro til biriktirib, fuqaro B.X.ning yuk tashuvchi avtotransport vositalarini qoʻshni Qozogʻiston Respublikasiga kirishi va harakatlanishi uchun qalbaki ruxsatnoma tayyorlab berib, evaziga 1 200 AQSH dollarini qoʻlga kiritganligi aniqlanib, tekshiruv davomida Z.Z. tomonidan 1 200 AQSH dollarini qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.