Bu holat “Oʻzenergoinspeksiya”, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va “Hududgaztaʼminot” AJ bilan hamkorlikda oʻtkazilgan nazorat tadbirida aniqlandi.
Shuningdek, Namangan viloyati Uchqoʻrgʻon tumani “Qurama” MFYda joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor “B.O.”ga qarashli issiqxona qurilmalari gaz hisoblagichdan tashqari 20 mm polietilen quvur orqali gaz tarmogʻiga oʻzboshimchalik bilan ulanib 3,2 mlrd soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.