-Bu kasallik to'satdan, yoki sekin-asta ro'y beradi, - deydi Sirdaryo viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori, jarroh Zohid erkaboev. -Ko'p qon yo'qotish, mexanik shikastlanish tufayli qon bosimining pasayib ketishi, bemorning qon guruhiga mos kelmaydigan qon quyish, tok urishi, Septik abort, dorilar va boshqa metall tuzlaridan zaharlanish oqibatida buyrak parenximasining shikastlanishi, siydik yo'lining o'sma yoki buyrak toshlari bilan bekilib qolishi, shikastlanish tufayli ikkala buyrak zararlanishi o'tkir buyrak etishmovchiligiga sabab bo'lishi mumkin.
SHu maqsadda viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markaziga Germaniyada ishlab chiqarilgan, eng so'nggi rusumdagi 4 ta Model "Dialog ~B. BRAUN" "sun'iy buyrak " apparati 6 milliard 432 million, 816 ming so'mga keltirildi.
Ushbu keltirilgan "sun'iy buyrak" apparati Sirdaryo viloyatida yashayotgan, o'tkir buyrak etishmovchiligi kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda va ularni sog'lom hayotga qaytarishda qo'l keladi.
endi viloyat ko'p tarmoqli tibbiyot markaziga keltirilgan va o'tkir buyrak etishmovchiligi kasalligi bilan kasallangan bemorlarni davolashda qo'llanilayotgan "sun'iy buyrak " apparatlar soni ushbu keltirilgan apparatlar bilan hisoblaganda 10 taga etdi.
G'ulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat sog'liqni saqlash
boshqarmasi axborot xizmati