Bugungi kunda Sirdaryo viloyat tez tibbiy yordam (103) xizmatida 96 ta tez tibbiy yordam brigadalari boʻlib, ular tomonidan viloyatning 860 ming nafardan ortiq aholisiga sifatli tez tibbiy yordam koʻrsatib kelinadi.
“Volkswagen Caddy” tez tibbiy yordam avtomashinalarining dastlabki partiyasi Sirdaryoga keltirilgunga qadar, tizimda 8 ta “HYUNDAI”, 2 ta “NISSAN”, 3 ta “TOYOTA” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam sanitar avtomashinalari xizmat qilayotgan edi. Endi mazkur avtomobillar soni yangi keltirilgan tez tibbiy yordam avtomashinalari hisobiga 5 taga koʻpayib, ular soni 18 taga yetdi.
Mavjud reanimobillar 5 turdagi zamonaviy jihozlar (defibrillyator, sunʼiy nafas apparati, elektrokardiograf, aspirator, laringoskop) bilan toʻliq jihozlangan.
Gʻulom PRIMOV,
Sirdaryo viloyat
Sogʻliqni saqlash boshqarmasi
matbuot xizmati xodimi.