Davlat xavfsizlik xizmati hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan hamkorlikda tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Sirdaryo viloyati Davlat soliq boshqarmasi boʻlimi boshligʻi N.T. firibgarlik, yaʼni aldash yoki ishonchni suiisteʼmol qilish yoʻli bilan “O.” MCHJning 2020-yildagi qoʻshilgan qiymat soligʻi boʻyicha 230 million soʻm salbiy farq summasini jamiyat hisob raqamiga qaytarilishini tezlashtirib berish evaziga jamiyat hisobchisidan ushbu summaning 5 foizi, yaʼni 11,5 million soʻm talab qilib, 1 000 AQSH dollari va 900 ming soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan N.T.ga nisbtan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.