Bugungi kunda viloyatdagi barcha taʼlim muassasalarining har bir sinf xonasida ota-onalar tahlil partasi joriy qilingan boʻlib, bu bilan ota-onalar oʻz farzandlarining darsdagi faoliyatini kuzatish va oʻqituvchining salohiyatiga baho bera olish imkoniyati mavjud.
Mana shu tarzda turli jabhalarda rahbar yoki mutaxassis lavozimlarda ishlaydigan, farzandlari tarbiyasi uchun kerakli vaqtni ajrata olmayotgan ota-onalar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyilyapti.
Ushbu tashabbus samaradorligini aniqlash va farzandining maktabdagi taʼlim-tarbiya jarayoni qay darajada ekanligini oʻrganish maqsadida viloyat Xalq taʼlimi boshqarmasi boshligʻi Yangiyer shahridagi 4-umumtaʼlim maktabiga tashrif buyurdi.
Farzandining odob-axloqi va bilimi haqida maktab oʻqituvchilari bilan suhbatlashdi, deb xabar beradi Sirdaryo viloyati xalq taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati.
Hurmatli ota-onalar, siz ham farzandingiz kelajagi bilan qiziqsangiz marhamat, maktabga tashrif buyuring va farzandingizning bilim olish jarayonlari bilan tanishing!