Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 27-aprel kuni Sardoba tumani, “Fayzliobod” mahallasida yashovchi, fuqarolar — M.A., A.A. hamda A.K. yashash xonadonining hojatxonasiga hech qanday ehtiyotkorlik choralarini koʻrmasdan tushgan.

Oqibatda barchasi baxtsiz hodisa tufayli vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokurori rahbarligida voqea joyi koʻzdan kechirilib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirilgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.