Bosh prokuraturaning maʼlum qilishicha, “B. M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalar jamiyatga qarashli Boyovut tumani “Beruniy” mahallasida joylashgan avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchasida tijorat maqsadlarida noqonuniy daromad orttirishni koʻzlab, hisoblagich priboridan tashqari gaz tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻzboshimchalik bilan ulashib, noqonuniy ravishda 62,5 mlrd. soʻmlik 41 mln 666 ming metr tabiiy gazni oʻgʻirlashganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan “B. M.” MCHJ mansabdor shaxslari va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, 2 nafar shaxs protsessual tartibda ushlandi.