Sirdaryoda 892 mln soʻmlik noqonuniy zargarlik savdosi fosh etildi

    Voqea-hodisalar 5 Iyul 2025 898

    Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

    Qayd etilishicha, Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabandaga qarshi kurashish boʻlimi xodimlari DXX viloyat boshqarmasi, Guliston shahar IJQK departamenti va Milliy gvardiya bilan hamkorlikda Oqoltin tumanida oʻtkazilgan “Nazorat ostida olish” maxsus tadbiri natijasida fuqarosi R.A. 69000 AQSH dollariga sotishga kelishib, oldindan 20000 AQSH dollarini olgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olindi.

    Tadbir davomida fuqarodan jami 38 dona, xususan: 11 dona tilladan yasalgan zargarlik buyumlari, 12 dona erkak va ayollar uchun tilla soatlar, 15 dona olmos toshlardan tayyorlangan zargarlik buyumlari ashyoviy dalil sifatida olindi.

    Buyumlarning dastlabki bahosi 892 million soʻmni tashkil qilmoqda.