Sud tergovida maʼlum boʻlishicha, ular bankomatga oʻrnatilgan kuzatuv kamerasiga tushib qolmaslik maqsadida yuzlarini futbolka bilan berkitib, qoʻllariga qoʻlqop kiyib olgan. Shu tariqa ular bankomatni buzib, ichidagi pullarni oʻgʻirlayotgan vaqtda Mirzaobod tumani IIB xodimlari tomonidan qoʻlga olingan.
Mazkur holat yuzasidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi JIB Mirzaobod tumani sudida koʻrib chiqildi.
Sud hukmiga koʻra, 2 nafar talaba yigit JKning 169- moddasi tegishli qismlari bilan aybdor deb topilib, ularga nisbatan 4-yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Voyaga yetmagan fuqaroga esa shartli jazo tayinlanib, sinov muddati belgilangan.