Ayniqsa, pandemik vaziyatda har bir fuqaroning axborot kommunikatsiya tarmoqlaridan mustaqil foydalana olishi juda muhim. Chunki zarurat tugʻilganda uydan chiqmay, mobil qurilmalar orqali foydalanish har birimizning vaqtimiz va naqdimizni tejashi shubhasiz.
2020-yil davomida davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish boʻyicha Sirdaryo viloyati boʻyicha jami 4 417 ta murojaat qabul qilingan boʻlsa, olib borilayotgan targʻibot tadbirlari natijasida 2021-yilning 24-avgust sanasiga qadar elektron tartibdagi murojaatlar soni 13 375 tani tashkil etdi, deb xabar beradi DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.