Elektron davlat xizmatlaridan foydalanishni yana-da ommalashtirish va aholining elektron davlat xizmatlaridan foydalanish madaniyatini oshirish maqsadida Davlat xizmatlari agentligi Sirdaryo viloyat boshqarmasi tashabbusi bilan barcha tuman-shahar Davlat xizmatlari markazlarida joriy yilning 12-yanvaridan 12-fevraliga qadar “Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish oyligi” eʼlon qilindi.
Istalgan turdagi davlat xizmatlaridan onlayn tartibda foydalanish uchun albatta elektron raqamli imzo talab etiladi. Demak, elektron raqamli imzoga ham ehtiyoj katta. Elektron raqamli imzoga ega boʻlishning 2 xil usuli bor. Siz istalgan davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurgan holda yoki my.gov.uz portali orqali pasport maʼlumotlarini kiritib, selfi tushish orqali olishingiz mumkin.
Shuningdek, barcha markazlarda “DXM — MAHALLA — FUQARO” tamoyili asosida davlat xizmatlaridan foydalanish koʻnikmalarini mahallalarda, shuningdek, yoshlar oʻrtasida shakllantirish boʻyicha mahalla va taʼlim muassasalarida masofadan turib davlat xizmatlaridan foydalanish boʻyicha maxsus seminar-treninglar, mahorat darslari oʻtkazilib boriladi, deb xabar beradi DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.