Qayd etilishicha, oʻtkazilgan tadbirda Guliston tumani hududidan oqib oʻtgan “Sirdaryo“ daryosini muhofaza maydonidan fuqaro A. S tomonidan noqonuniy ravishda qum- shagʻal mahsulotini oʻziga tegishli boʻlgan yuk mashinasida tashish bilan shugʻullanganligi aniqlandi.
Fuqaro ushbu huquqbuzarlikni avval ham sodir etganligi maʼlum boʻldi.
Holat yuzasidan MJtKning 82-moddasi 3-qismi bilan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Huquqbuzarga 5 mln 625 ming soʻm jarima qoʻllanildi.