баннер
21 Dek 2024
07:47
  • 13406.80 so'm
  • 124.75 so'm
  • 12875.06 so'm

Sirdaryoda reimbursatsiya dasturi joriy etilmoqda

U bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi.

Dastur davlat tibbiy sug'urtasi mexanizmlarini tatbiq etishda aholini zarur dori vositalardan foydalanish imkoniyatini oshirish maqsadida joriy elilyapti.

U bemorga oilaviy shifokor yozgan elektron retsept asosida dorixonadan dori vositalarini bepul olish imkonini beradi.

Hozirda Sirdaryo viloyatida tajriba-sinov tariqasida arterial gipertoniya, yurak ishemik kasalligi, qandli diabetning 2-turi, bronxial astma va o'pkaning surunkali obstruktiv kasalliklarini ambulator sharoitda davolash uchun 11 turdagi dori vositasi kiritilgan.

Jamg'arma viloyatdagi dorixonalar bilan shartnomalar tuzdi. Xovosda “Yagona-farm”, Sayxunobodda “Health plus”, Guliston shahrida “Zoxirbek biznes”, Boyovut tumanida “Medicinae-999” xususiy dorixonasi shular jumlasidan. Ular “D” hisobda turadigan bemorlarga oila shifokori yozgan elektron retsept asosida dori berish uchun elektron tizimiga ulandi.

Telegram kanalimiz
Text to speech