Joriy yilning yanvar-avgust oylarida viloyat boʻyicha jami 15 276 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Shulardan 7 917 nafarini oʻgʻil, 7 359 nafarini qiz bolalar tashkil etdi.

Eng koʻp – 4 938 nafar chaqaloqning tugʻilishi Guliston shahar FHDYO boʻlimi tomonidan qayd etilgan.

Tumanlar kesimida:

Guliston shahar — 4938

Yangiyer shahar — 855

Shirin shahar — 201

Boyovut tumani — 1415

Xovos tumani -1350

Sirdaryo tumani — 2130

Mirzaobod tumani — 694

Oqoltin tumani — 848

Sardoba tumani — 930

Sayxunobod tumani — 1123

Guliston tumani – 792

DXA Sirdaryo viloyat boshqarmasi matbuot xizmati.