“WULING N111” yetti kishini sigʻdira oladi, uning uzunligi 3 797 mm, kengligi 1 510 mm, balandligi esa 1 820 mm. Avtomobil 82 ot kuchiga ega boʻlgan 1,2 litrli injektor atmosferali dvigatel bilan jihozlangan.
Oʻrtacha yonilgʻi sarfi 100 km uchun 6,3 litrni tashkil etadi va yonilgʻi baki hajmi 38 litrga teng. Standart toʻplam konditsioner, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlarini oʻz ichiga oladi.
Asaka Motors International kompaniyasi boshqaruvi raisi Avazbek Jalilovning taʼkidlashicha, hozirda mijozlar avtomobil uchun oldindan buyurtma berishlari mumkin.