Avtomashina haydovchisi L.K ning avtomashina boshqarish huquqini beruvchi hujjatlari tekshirish jarayonida Namangan viloyatida joylashgan xususiy korxonasi tomonidan bir oy muddatga berilgan yoʻl varaqasining amal qilish muddati tugaganligini aniqlandi.
Shundan soʻng maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirib, transport vositasini vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga joylashtirgan. Shu vaqtda haydovchi L.K.ning boshqaruvidagi avtomashinada yoʻlovchi sifatida ketayotgan qarindoshi H.Gʻ. avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib yuborishi evaziga, xodim tomonidan bir necha marotaba ogohlantirishiga qaramasdan 500.000 (besh yuz ming) soʻm miqdordagi pulni pora tariqasida bermoqchi boʻlib, taklif qilgan.
Xolat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi IIV OʻXB Sirdaryo viloyati boʻyicha boʻlimi, Sirdaryo viloyati IIB JQB hamda Sayxunobod tuman prokuraturasi xodimlari bilan hamkorlikda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumani hududida joylashgan jarima maydonchasida oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida, YHXB inspektori D.I.ga “VOLVO«rusumli avtomashinani jarima maydonchasidan chiqarib berishi va rasmiylashtirilgan maʼmuriy bayonnoma yoʻq qilishi evaziga jarima maydonchasida fuqaro H.Gʻ 500.000 (besh yuz ming) soʻm miqdoridagi pulni pora tariqasida bergan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan daliliy ashyo bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Sayxunobod tuman prokuraturasi tomonidan gumonlanuvchi H.Gʻ. ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati