Mutaxassisning fikriga ko'ra, «Liverpul»ga qarshi o'yinda jarohat olib zaxiraga olingan Husanovning ahvoli joyida.

Shu bilan birga «shaharliklar» ustozi Husanov til bilan bog'liq muammoni qanday engib o'tayotganiga e'tibor qaratdi. «Tan olaman, u Uilyam Shekspir kabi gapirmaydi, lekin vaziyat kundan kun yaxshilanib bormoqda. U juda aqlli yigit. U biz nima xohlayotganimizni tushunyapti va til borasidagi bilimlarini ham orttirmoqda. U doimo to'g'ri qarorlar qabul qiladi», - dedi Gvardiola.

Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» APL doirasida 11 fevral kuni «Fulxem»ga qarshi maydonga tushadi.