Toshkent shahar DSB tomonidan tadbirkorlarning suv resurslaridan oqilona foydalanilishi, haqiqiy ishlatilgan suv hajmlarini aniqlash, shuningdek, byudjetga suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq toʻgʻri hisoblanishi boʻyicha tadbirkorlik faoliyati bevosita suv bilan bogʻliq boʻlgan transport vositalarini yuvishni amalga oshiruvchi korxonalar tahlildan oʻtkazilganida, mazkur sohada suv hajmining yashirilishi, soliqlardan qochish holatlari borligi aniqlandi.
Toshkent shahar davlat soliq tizimi masʼul xodimlari tomonidan mazkur subyektlarga joyiga chiqqan holda “Soliqchi-tadbirkorga koʻmakchi” tamoyili doirasida profilaktik suhbat va tushuntirishlar oʻtkazilib, soliq toʻlovchilarning faoliyati davomida yoʻl qoʻyilgan kamchiliklari toʻgʻrilanmoqda.
Misol uchun, Toshkent shahrida soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan A.A.(nomi oʻzgargan) MCHJ tomonidan haqiqiy ishlatilgan suv hajmlarini oʻrganilganda, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisoboti taqdim etilmaganligi aniqlanib, “Soliqchi-koʻmakchi” tamoyili asosida tadbirkorga yordam koʻrsatildi va qayta hisobot topshirilishi natijasida byudjetga 129,0 mln.soʻm suv soligʻi hisoblandi.
Shunga qaramay, mazkur sohada suv hajmining yashirilishi, soliqlar toʻlashdan qasddan qochish holatlari uchramoqda.
Misol uchun, Toshkent shahar, Olmazor tumanidagi avtotransport vositalarini yuvish bilan shugʻullanuvchi MCHJ tomonidan 2019-2020-yillar mobaynida 168,0 mln.soʻm suv resurslaridan foylanilganlik uchun soliq toʻlovlari kam hisoblaganligi kameral soliq tekshiruvi natijasida oʻz tasdigʻini topdi.
Yuqoridagi kabi holatlar Shayxontohur tumanidagi MCHJ da 49,0 mln.soʻmga, Yashnobod tumanidagi oilaviy korxonada
39,0 mln.soʻmga, Yakkasaroy tumanidagi MCHJ da 31,9 mln.soʻmga suv resurslaridan foylanilganlik uchun soliq toʻlovlari kam hisoblaganligi oʻz tasdigʻini topdi.
Joriy yilning may oyida Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi masʼul xodimlari tomonidan 33 ta avtomobil yuvish shoxobchalari faoliyati oʻrganilib kameral soliq tekshiruvlari oʻtkazilmoqda, natijada suv soligʻiga qoʻshimcha 1,1 mlrd.soʻm qoʻshimcha soliq hisoblanishi kutilmoqda.
Bundan tashqari shahar soliq tizimi tomonidan kelgusida norasmiy bandlik va uni legallashtirish hamda uni oʻrganishga tegishli eʼtibor qaratiladi.