Andijon viloyati madaniy meros boshqarmasi tomonidan himoya qilinuvchi Andijon viloyatida mavjud boʻlgan muqaddas ziyoratgohlar, qadamjolar va dam olish maskanlariga aylangan 13 ta shifobaxsh buloqlar xususidagi qimmatli maʼlumotlarni jamlagan “Shifobaxsh buloqlar” mobil ilovasi yaratildi
Shifobaxsh buloqlar tarkibida kaliy, natriy, magniy, kalsiy, xlor, sulfat tuzlari kabi 20 dan ortiq kimyoviy moddalar mavjud.
Ayniqsa, bu buloqlardan oqib chiqayotgan obi neʼmatning allergik, asab, oshqozon-ichak, urologik, endokrin kasalliklarni davolashda foydasi katta.
Ushbu mobil ilova Andijon viloyatiga tashrif buyurgan mahalliy va xorijiy turistlarga shifobaxsh buloqlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻzbek va ingliz tillarida tanishish hamda buloqlarning joylashuv oʻrnini aniqlashda ham qulay imkoniyatlarni taqdim etadi.
Intellektual mulk agentligi tomonidan dastur roʻyxatdan oʻtkazilib, DGU 14407 raqamli guvohnoma bilan muhofazaga olindi, deb yozmoqda agentlik matbuot xizmati.