Davlat xizmatlari markazlarining kirish qismlarida, fuqarolarni qabul qilish burchaklarida (resepshenda) hamda “surdo-online” planshetlari joylashgan operatorlarning ish stoliga maxsus belgilar joylashgan.

Ushbu belgilar, oʻz navbatida Davlat xizmatlari markazlariga tashrif buyurgan imkoniyati cheklangan shaxslarga toʻgʻridan-toʻgʻri “surdo-online” plansheti joylashgan operatorga yoʻnaltiradi.

“Surdo-online” planshetlari internetga ulangan boʻlib, bevosita onlayn tarzda doimiy ravishda ishlaydi va shu vaqtning oʻzida operatorga tarjima qiladi.

Ushbu tizimni Davlat xizmatlari markazlarida joriy qilish orqali Toshkent shahrida 3 mingdan ortiq eshitishi va gapirishida nuqsoni bor shaxslar bilan toʻlaqonli muloqotni taʼminlaydi.

Kelgusida ushbu tizimni respublikamizning barcha hududlarida joylashgan Davlat xizmatlari markazlarida hamda FHDYO organlarida keng joriy qilish nazarda tutilgan, deb xabar beradi Davlat xizmatlari agentligi matbuot xizmati.