Slovakiya temir yo'llari vakili Yan Bachekning ma'lum qilishicha, bugun Rojnyava yaqinida ikkita tezyurar poyezd, R 913 va R 914 GEMERAN to'qnashib ketgan.
To'qnashuv yo'l kesishmasida – bitta yo'lga o'tishda sodir bo'ldi. Hodisa sabablari o'rganilmoqda.
“Hozirgi vaqtda yo'lovchilar va xodimlarimizni qutqarish va evakuatsiya qilish ustuvor vazifadir”, dedi u.
Slovakiya qutqaruv xizmatlari voqea joyiga vertolyot va beshta tez yordam mashinasi yuborilganini ma'lum qildi. Qurbonlar haqida ma'lumotlar yo'q, deb xabar berdi report.az.








