Sloveniya Falastinni mustaqil davlat sifatida tan oldi

    Sloveniya hukumati Falastinni mustaqil davlat sifatida tan olishga qaror qildi.

    Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vazirligi rahbari Tanya Fayon ma'lum qildi, deb xabar beradi report.az.

    “Bugun Sloveniya hukumati Falastinning mustaqilligi va suverenitetini tan olishga qaror qildi va uni Milliy Assambleyaga taqdim etdi”, deyiladi bayonotda.

    Fayonning fikricha, Falastinni tan olish ikki davlat va xalqlarning tinch-totuv yashashini ta'minlashning yagona yo'lidir.