Bu haqda vazirning oʻzi Telegram-kanali orqali xabar bermoqda.

«Uning ushbu lavozimga tayinlanishi mamlakatlar oʻrtasidagi koʻp qirrali ikki tomonlama munosabatlarni kengaytirish yoʻlida xizmat qilishiga ishonamiz.

Hech shubhasiz, hamkorligimizni yanada oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. Ikki tomonlama munosabatlarning 2025-yilgi kun tartibi boy va juda istiqbolli. Turli sohalarda aloqalarimizni mustahkamlash bizning ustuvor vazifamizdir«, — deyiladi xabarda.