Smartfon orqali boshqarish mumkin bo'lgan robotlar yaratildi

    Andijon viloyatining Qo'rg'ontepa tumanida yashovchi robototexnik va axborot texnologiyalari muhandisi Dilshodbek Shuhratov insonlarga ko'maklashishi mumkin bo'lgan robotlarning ilk prototipini yaratdi.

    Ushbu robotlar tez va oson harakatlanishi bilan avvalgi avlod texnikalardan katta farq qilmoqda. Robotlarning biri insonlar yurolmaydigan balandlik yoki boshqa noqulay joylarda yurishi, kerakli narsani va buyumni olib kelishi yoki olib borib joylashtirishi mumkin.

    Yana bir prototip esa kichik hajmli bo'lib, yanada tez harakatlanadi. Yopiq, kichik, ta'bir joiz bo'lsa, shubhali joylarni oldindan ko'zdan kechirishda taasvirlar orqali yordamlasha oladi.

    Unda ul`trabinafsha nurlarini aniqlash moslamasi ham o'rnatilgan. Har ikkala robotlarni smartfonlar orqali boshqarish mumkin.