“IT-Rezerv” hamkori va direktori Pavel Myasoedovning “Praym” agentligiga ma'lum qilishicha   telefondagi fotosuratlar va videolar uchta joyda saqlangan bo'lishi mumkin: qurilmaning o'zida, komp`yuterdagi zaxira nusxasida yoki bulutli xotirada. Bulut ko'pincha arxivni saqlashning eng ishonchli variantidir. Fayllarni zaxiralash qurilmasini yo'qotib qo'ysangiz ham bulut ma'lumotlaringizni xavfsiz saqlashga yordam beradi.

Agar muhim ma'lumotlar o'chirilsa, birinchi qadam axlat qutisiga qarashdir. Zamonaviy qurilmalarda fayllar taxminan bir oy davomida saqlanadi. Ammo u erdan olib tashlanganidan keyin ham, ma'lumot qisqa vaqt ichida maxsus dasturlar yordamida qayta tiklanadi.

“Fayllar darhol o'chirilmaydi, ular yashirin tizim ko'rinishiga o'tadi, keyinchalik uning ustiga yangi dastur kodi yoki boshqacha aytganda, yangi ma'lumot yoziladi”, — deya tushuntiradi mutaxassis.

Barcha fayllar butunlay yo'qolguncha bir nechta kataloglardan o'tadi. Gap foydalanuvchiga ko'rinmaydigan, lekin qo'llab-quvvatlash xizmati so'roviga ko'ra mavjud bo'lgan yashirin tizim savati haqida ketmoqda, deya xulosa qildi ekspert.