Sobiq menejer va bank xizmatlari markazi rahbari kredit mablagʻlarini oʻzlashtirdi

    Hududiy tijorat banki filiali boʻlimi bosh menejeri 12 nafar fuqaro nomidan ularning xabardorligisiz kredit shartnomalarini rasmiylashtirib, jami 304,3 mln soʻm kredit mablagʻlarini olib oʻzlashtirgan maʼlum boʻldi.

    Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kasbi tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro Yu.Sh. hududiy tijorat banki filiali boʻlimi bosh menejeri lavozimida ishlagan davrida fuqaro T.Sh. bilan oʻzaro til biriktirib, 12 nafar fuqaro nomidan ularning xabardorligisiz kredit shartnomalarini rasmiylashtirib, jami 304,3 mln soʻm kredit mablagʻlarini olib oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

    Shu kabi, Departamentning Yangiyer shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki Yangiyer shahar bank xizmatlari markazi sobiq rahbari I.B. va boshqalar fuqaro Gʻ.S.ga ajratilgan 390 mln soʻm kredit mablagʻini uning xabardorligisiz naqdlashtirib olishib, shundan 260 mln soʻmini Gʻ.S.ga berib, qolgan 130 mln soʻmini oʻzlashtirganliklari aniqlangan.

    Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.