Memorandum Milliy palata raisi Rovshan Izamov va “Progressive Medical Service” Bosh direktori Artyom Pokachalov tomonidan imzolandi.
“Progressive Medical Service” MCHJ Oʻzbekistonda Nemis Onkologiya shifoxonasini qurish boʻyicha loyihasini rivojlantirish doirasida shakllantirilgan.
Tomonlar hamkorlik doirasida sogʻliqni saqlashning dolzarb masalalari, tibbiy taʼlim va tibbiy fan, farmatsevtika boʻyicha hamkorlik qilish niyatidalar.
Memorandumni imzolash marosimida birgalikda xalqaro ilmiy kongress va konferensiyalar, ilmiy-amaliy va ilmiy seminarlar, ilmiy ishlab chiqarish tadqiqotlar, sogʻliqni saqlashning dolzarb muammolari boʻyicha onlayn forumlar oʻtkazish imkoniyatlari muhokama etildi.
Shuningdek, sogʻliqni saqlash sohasiga umum tan olingan xalqaro standartlar va innovatsion texnologiyalarni jalb etish uchun chet el investitsiyasini, tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish uchun esa xorijiy mutaxassislarni jalb etishni tashkillashtirish boʻyicha hamkorlik harakati oʻzaro manfaatlarni uygʻunlashtirdi.
Uchrashuv davomida Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi va “Progressive Medical Service” qoʻshma tadbirlari va loyihalarining “Yoʻl xaritasi”ni tayyorlash uchun ishchi guruh tuzish haqida kelishuvga erishildi, deb xabar beradi Innovatsion sogʻliqni saqlash milliy palatasi matbuot xizmati.