Sogʻliqni saqlash vazirligida tashkil etilgan yangi boʻlimga tayinlovlar amalga oshirildi

    Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida Nogironlikning oldini olish, belgilash va tibbiy xizmatlar koʻrsatishni muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etildi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligi markaziy apparatida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi tizimidagi tashkilotlarning shtat birliklari hisobidan Nogironlikning oldini olish, belgilash va tibbiy xizmatlar koʻrsatishni muvofiqlashtirish boʻlimi tashkil etildi.

    Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli buyruqlari bilan:

    • Churenov Kutlimurat Maxsudovich — ushbu boʻlim boshligʻi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis boʻlib ishlagan);
    • Kosimov Olimjon Abdullayevich — boʻlim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Sogʻliqni saqlash vazirligida bosh mutaxassis boʻlib ishlagan);
    • Karimov Baxodir Karimovich — boʻlim bosh mutaxassisi vazifasini bajaruvchi (tayinlovga qadar Ijtimoiy himoya milliy agentligida bosh mutaxassis boʻlib ishlagan) lavozimlariga tayinlandi.