баннер
14 Mar 2025
21:22

    Sogʻliqni saqlash vazirligiga yangi vakolatlar berilishi mumkin

    Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi boʻlib oʻtdi.

    Unda aholi oʻrtasida yod yetishmasligi kasalliklarining oldini olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda moddama-modda koʻrib chiqildi.

    Ushbu qonun loyihasi bilan Sogʻliqni saqlash vazirligiga osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlash uchun foydalaniladigan tarkibida yod boʻlgan preparatlarni, ularga qoʻyiladigan talablarni, osh tuzini va oziq-ovqat mahsulotlarini yodlashga, yodlangan tuzni ishlab chiqarishga, tashishga, saqlashga va realizatsiya qilishga qoʻyiladigan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlarini belgilash hamda uning nazoratini olib borish vakolatlari belgilanmoqda.

    Deputatlarning taʼkidlashicha, mazkur qonun loyihasining qabul qilinishi aholi salomatligini muhofaza qilish, yod yetishmasligi kasalliklarini profilaktika qilish, oʻsib kelayotgan avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

    Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi oʻqishda qabul qilindi.

    Telegram kanalimiz
    Text to speech