Bugungi kunda yurtimizda yoshlarning chuqur bilim olishi, kasb-hunar o'rganishi, o'z iqtidorini keng namoyon qilishi uchun barcha shart-sharoit yaratilgan. Ayniqsa, keyingi yillarda oliy ta'lim tizimida o'quv-tarbiyaviy ishlar yanada takomillashtirilib, ilg'or fantexnika yutuqlari, innovatsion texnologiyalar, istiqbolli loyihalar hayotga keng tatbiq qilinmoqda.

Jumladan, Urganch davlat universitetida ham e'tirofga arzigulik yutuqlar qo'lga kiritildi. Bundan besh yil avval oliy ta'lim muassasamizda 7 ming 221 nafar talaba tahsil olgan bo'lsa, hozirgi kunda talabalar soni 23 ming 200 nafarga etdi.

Qabul kvotasi qariyb uch barobar oshdi

Prezidentimizning shu yil 22 iyundagi “2021/2022 o'quv yilida O'zbekiston Respublikasining oliy ta'lim muassasalariga o'qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to'g'risida”gi qarori bilan Urganch davlat universitetida 2021/2022 o'quv yilida 65 ta kunduzgi, 23 ta sirtqi ta'lim yo'nalishi hamda 31 ta magistratura mutaxassisligiga qabul kvotalari tasdiqlandi. SHu bilan birga, bakalavriatning 17 ta kunduzgi va 2 ta sirtqi ta'lim yo'nalishida rus tilida o'qitish yo'lga qo'yilmoqda.

O'tgan o'quv yilida Urganch davlat universitetiga (bakalavr hamda magistratura) ta'lim yo'nalishlari bo'yicha 4830 ta qabul kvotasi ajratilgan edi. 2021/2022 o'quv yilida bu ko'rsatkich 4,2 foiz oshirildi. 2016 yilga nisbatan esa bu ko'rsatkich 2,81 barobar oshgan.

YAngi o'quv yili uchun viloyatimizda kadrlarga mavjud ehtiyoj hisobga olinib, to'rtta yangi bakalavriat ta'lim yo'nalishi va 6 ta magistratura mutaxassisligi ochildi. Bundan besh yil avval universitetda 8 ta fakul`tet, 30 ta kafedra, 45 ta ta'lim yo'nalishi va 13 ta mutaxassislik mavjud edi. Bugungi kunda bu ko'rsatkich sezilarli darajada oshib, fakul`tetlar soni 12 taga etdi.

Besh yil ichida 4 ta: bioinjeneriya va oziqovqat xavfsizligi, san'atshunoslik, kimyoviy texnologiyalar hamda filologiya fakul`tetlari ochildi. Kafedralar soni esa 39 taga etdi. Ularda 925 nafar professor-o'qituvchi faoliyat ko'rsatyapti.

Ilmiy faoliyatdagi jonlanish

Ta'lim muassasamizning ilmiy salohiyatida ham o'sish bo'lganini alohida qayd etish kerak. 2016 yilda universitetda faoliyat ko'rsatayotgan 619 nafar professor-o'qituvchidan 14 nafari fan doktori, professor, 142 nafari fan nomzodi, dotsent, 2 nafari falsafa doktori edi. Joriy yilga kelib esa 27 nafar fan doktori, professor, 210 nafar fan nomzodi, dotsent dars bermoqda.

O'tgan yili xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan ta'lim va ilmiy sohada hamkorlik geografiyasini kengaytirish maqsadida Rossiya Federatsiyasining Belgorod davlat texnologiya universiteti, Gomel` davlat universiteti, Udmurtiya davlat universiteti va Astraxan` davlat texnika universiteti, Pol`shaning Varmin-Mazur universiteti, Xitoyning Nanchang universiteti, Latviyaning Boltiqbo'yi xalqaro akademiyasi va Belarusning Belarus` milliy texnika universiteti va Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti bilan, shuningdek, erasmus+ dasturining xalqaro kredit mobilligi loyihasi doirasida Ispaniyaning Barselona universiteti bilan shartnomalar imzolandi.

Prezidentimiz SHavkat Mirziyoev 2016 yil 11 noyabrda Xorazm viloyati faollari bilan uchrashuvda Urganch davlat universiteti tabiiy fanlar fakul`teti negizida qovunchilik bo'limi hamda agronomiya yo'nalishini ochish, sohani zarur kadrlar bilan ta'minlash yuzasidan o'z fikrlarini bayon qilgan edi. O'tgan davrda bu bo'yicha muayyan ishlar bajarildi. Jumladan, universitetimiz qoshida KRASS agromaslahat markazi, qovunchilik laboratoriyasi faoliyat olib bormoqda. 2016 yilda universitetda 5 ta loyiha amalga oshirilgan bo'lsa, hozir bu ko'rsatkich 25 taga etdi. Xususan, o'tgan yili ilmiy tadqiqotlar va ta'limga yo'naltirilgan 309,148 AQSH dollarilik 13 ta xalqaro loyiha bajarildi.

So'nggi yillarda Urganch davlat universitetida ilmiy tadqiqot ishlarini jonlantirish, uning rivojini yangi bosqichga ko'tarish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, universitetda sakkizta ixtisoslik bo'yicha beshta ilmiy kengash faoliyat yuritmoqda.

Moliyaviy mustaqillikning foydasi

O'tgan yil 1 yanvardan boshlab yurtimizdagi o'nta nufuzli oliy ta'lim muassasasi qatori Urganch davlat universiteti ham tajriba-sinov tariqasida o'zini o'zi moliyalashtirish tizimiga o'tdi.

Mustaqil moliyalashtirish tizimiga o'tgan muassasamizda davlat granti hamda tabaqalashtirilgan to'lov-shartnoma asosida kadrlar tayyorlash davom etmoqda. YAngi tizim joriy etilishi oliy ta'limning davlat tomonidan qo'llab-quvvatlanishi va byudjet mablag'lari ajratilishini kamaytirmadi.

Ushbu tizimning joriy etilishi natijasida universitet o'qitishning innovatsion shakl va uslublarini joriy etish, moddiy-texnik bazani mustahkamlash, zamonaviy axborot-kommunikatsiya vositalari, o'quv va ilmiy laboratoriyalar hamda sarflanadigan laboratoriya materiallarini, kitoblar, jurnallar, o'quv adabiyotlarini xarid qilish va chop ettirish uchun mablag'larni mustaqil sarflash huquqiga ega bo'ldi.

Sifatdagi o'zgarish va xalqaro hamkorlik

Universitet o'quv jarayonlariga Rossiya, AQSH, Avstriya, SHveytsariya, Italiya, Germaniya, Koreya Respublikasi, Pol`sha va boshqa mamlakatlar oliy ta'lim muassasalaridan tajribali mutaxassislar jalb qilinmoqda. SHuningdek, universitet professor-o'qituvchilari va xodimlarining xorijiy oliy ta'lim muassasalariga ilmiy-ijodiy safari uyushtirilmoqda. Bunday tajriba almashuvlar ta'lim jarayonining sifati va samaradorligiga rivojlangan davlatlar amaliyotini joriy etishga xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2019 yil 8 oktyabrdagi “O'zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash to'g'risida”gi farmoniga asosan, 2019/2020 o'quv yilidan boshlab xorijiy oliy ta'lim muassasalari bilan hamkorlikdagi qo'shma ta'lim dasturlari yo'lga qo'yildi. O'sha yilning o'zida bakalavriat bosqichida 2 ta yo'nalish, magistraturada 4 ta mutaxassislik bo'yicha 43 nafar talaba qo'shma ta'lim dasturi bo'yicha tahsil olgan bo'lsa, 2020/2021 o'quv yilida bakalavriat bosqichida 5 ta yo'nalish, magistratura bosqichida 6 ta mutaxassislik bo'yicha 128 nafar talaba ta'lim oldi.

2021/2022 o'quv yilida Rossiya Federatsiyasining Astraxan` davlat universiteti, Astraxan` davlat texnika universiteti va Oltoy davlat universiteti, Belarus` Respublikasining Belarus` milliy texnika universiteti hamda Mogilyov davlat oziq-ovqat universiteti, Germaniya Federativ Respublikasining Vayenshtefan-Trizdorf amaliy fanlar universiteti bilan hamkorlikda bakalavriat bosqichida 3 ta yo'nalish, magistratura bosqichida 7 ta mutaxassislik bo'yicha 139 nafar talaba tahsil olishi rejalashtirilgan.

Barcha sharoit talabalar uchun

Tabiatshunoslik yo'nalishi talabalarining tajriba-sinov amaliyotini tashkil qilish uchun 140,7 million so'mlik issiqxona barpo etildi. SHuningdek, 562,7 million so'mga sun'iy qoplamali ikkita futbol maydonchasi qurildi. Talabalar uchun yotoqxona etishmovchiligining oldini olish maqsadida 200 o'rinli talabalar turar joyi kapital ta'mirlandi va jihozlanib foydalanishga topshirildi.

O'tgan yili yangi 500 o'rinli talabalar turar joyi binosi qurilishi bitkazilib, 1,43 milliard so'mlik mebellar bilan jihozlandi. Mazkur to'rt qavatli talabalar turar joyida 72 o'rinli 8 ta oshxona, madaniy dam olish xonalari va xorijdan kelgan professor-o'qituvchilar uchun mehmonxona tipidagi 25 kishiga mo'ljallangan alohida yashash joyi ham mavjud.

YOshlar bandligini ta'minlash, ularni kasb-hunarga o'rgatish maqsadida kovorking, axborot-resurs va hunarmandchilik markazlari faoliyati yo'lga qo'yilgan. Universitetning ayni paytda qurilayotgan axborot-resurs markazi ham tez orada talabalar ixtiyoriga topshiriladi. SHuningdek, 2000 o'ringa mo'ljallangan yangi o'quv binosi va 6 ta sport maydonchasini qurish ishlari boshlanish arafasida.

YAngi o'quv binosini qurib foydalanishga topshirish 2022 o'quv yiliga mo'ljallangan. Bundan tashqari, bu yil byudjetdan tashqari mablag'lar hisobidan universitetga qarashli 776 o'rinli o'quv binosini kapital rekonstruktsiya qilish rejasi ishlab chiqildi. SHuningdek, 600 o'rinli talabalar turar joyini rekonstruktsiya qilish hamda texnika fakul`teti o'quv binosini kapital ta'mirlash va ikkita yangi sport maydonchasini qurish rejalashtirilmoqda.

Umuman olganda, bularning barchasi oliy ta'lim muassasasini har tomonlama yuksaltirish, talabalarning o'z mutaxassisligini puxta o'zlashtirishi uchun qulay shartsharoit yaratish, zamonaviy moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, yuksak ilmiy salohiyatli kadrlarni tayyorlashga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.