Aniqlangan soliq xavfi summasi – 445,3 mlrd soʻm;

Soliq auditida tasdiqlangan summa – 1,5 trln soʻm.  

Aniqlangan summa sohalar kesimida: 
savdo va umumiy ovqatlanish – 519,3 mlrd soʻm (34,8%); 
ishlab chiqarish – 449,9 mlrd soʻm (30,1%); 
qurilish – 237,8 mlrd soʻm (15,9%);  
xizmat ko‘rsatish – 48,4 mlrd so‘m (3,2%);
ishloq xoʻjaligi – 15,6 mlrd soʻm (1%);
transport – 14,2 mlrd soʻm (0,9%);  
boshqa sohalar– 207,6 mlrd soʻm (13,9%). 

Oʻtkazilgan soliq auditlarida 248 ta soliq toʻlovchida 1,4  trln soʻmlik soliq bazasi yashirilgan: 
201 ta subyektda 801 mlrd soʻmlik realizatsiya qilingan tovarlar summasi koʻrsatilmagan;
76 ta subyektda 353 mlrd soʻmlik tovarlar inventarizatsiya paytida ombor yoki realizatsiya joyida mavjud boʻlmagan;
31 ta subyektda 52,5 mlrd soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar saqlangan va (yoki) realizatsiya qilingan.

Bugungi kunga, aniqlangan soliq summalaridan toʻlov muddati kelgan 1 trln soʻmning 577,9 mlrd soʻmi (54,6%) toʻlab berildi.