Ikki yil oldin aylanmadan soliq toʻlovchilar buxgalteriyasini soliqchi yuritadigan tizim qilindi.

Bunday xizmatlar koʻlami kengaytiriladi.

Kelgusi yildan yer, mol-mulk, ijtimoiy va daromad soliqlari hisobotlarini shakllantirish boʻyicha tadbirkorlar majburiyati bekor qilinadi.

Ushbu hisobotlarni soliqchilarning oʻzi bepul toʻldirib beradi. Tadbirkorlar esa 5 kunda hisobotga tuzatish kiritishi mumkin boʻladi.

Hisobotni kechiktirgani uchun kichik va yirik biznes bir xil jarima toʻlayapti, eng yomoni – har bir hisobot turi uchun alohida-alohida jarima bor.

Soliq qoʻmitasiga 1-noyabrdan boshlab taqdim etilmagan yoki kechiktirilgan soliq hisobotlari nechta boʻlishidan qatʼi nazar, yagona jarima qoʻllaydigan tizim yaratish topshirildi.

Bunda kichik biznes uchun jarimalar miqdori 3 karra kamaytiriladi.