Soliq huquqbuzarliklari haqida qancha murojaat kelib tushgani ochiqlandi

    Murojaatlar asosida 26 400 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1 % holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

    Bu haqda Yirik soliq toʻlovchilar boʻyicha hududlararo soliq inspeksiyasi xabar berdi.

    Shu yilning yanvar-sentyabr oylarida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 72 517 ta murojaat kelib tushgan.

    Shundan:

    — 66 016 tasi xarid cheki bermaslik;

    — 3 352 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;

    — 156 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;

    — 2 993 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

    Murojaatlarning 39 757 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.

    Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 25 870 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 17,2 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.