Shundan 74 970 tasi xarid cheki bermaslik, 3 001 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik; 184 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish, 4 702 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Murojaatlarning 41 702 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.

Murojaatlar asosida 34 196 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,8% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.

Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 34 139 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 24,1 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.