Soliq organlari ayrim huquqlardan mahrum etiladi

    Moliya 18 Mart 2024 926

    Vazirlar Mahkamasining 13.03.2023 yil 13-martdagi “Kameral soliq tekshiruvini oʻtkazish tartibi soddalashtirilishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 7-yanvardagi 1-son qarori bilan tasdiqlangan “Soliq tekshiruvlarini tashkil etish va oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi 132-son qarori qabul qilindi.

    Kameral tekshiruvlarni oʻtkazishda soliq organlarining quyidagi huquqlari bekor qilinadi (QQS summasini oʻrnini qoplashda (qaytarishda) oʻtkaziladigan kameral tekshiruvlar bundan mustasno):

    - soliq toʻlovchining hududiga kirish;

    - uning hududini va binolarini koʻzdan kechirish;

    - soliq toʻlovchidan hujjatlarni talab qilib olish va uni chaqirtirish;

    - hujjatlar va buyumlarni olib qoʻyish.

    Hujjat Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasida eʼlon qilingan va 2024-yil 14-martdan kuchga kirdi, deb xabar beradi “Norma”.